Kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshirilish holatlari va kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘luvchi holatlar qaysilar?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qaroriga asosan

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni yuqoridagi sabablardan ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications