Skip to main content

Kadastr qilish uchun qancha pul to’lanadi?

Kadastr yig’majildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo’yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq:

  • qishloq joylarda qurilish osti maydoni 100 kv.metrgacha bo’lgan xonadonga har bir kvadrat metr uchun minimal ish haqining 1% miqdorida, 100kv.metrdan yuqorisiga bir minimal ish haqi miqdorida belgilanadi.
  • Shahar va shaharga tenglashtirilgan M.F.Yig’inlarida har bir kv.metr maydoniga minimal ish haqining 1% miqdorida belgilanadi. To’lov “Bir oyna” bo’limi tomonidan taqdim etilgan to’lov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Categories: Ma'muriy huquq