Muallifning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlari qanday?

Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari

Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:
1) mualliflik huquqi;
2) mualliflik ismi-sharifiga (taxallusga) bo‘lgan huquq;
3) asarni oshkor qilish va chaqirib olish huquqi;
4) muallif obro‘sini himoya qilish huquqi.

Muallifning mulkiy huquqlari
Muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega.
Yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Qonunda ko‘rsatilganidan tashqari hollarda, asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan yoxud ular bo‘lmagan taqdirda, bu tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlarini bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications