Oʻzbekiston davlat xareografiya akademiyasining Urganch filiali tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston davlat xareografiya akademiyasining davlat taʼlim muassasasi shaklidagi Urganch filiali tashkil etildi.

Filial tarkibida “Lazgi” ijrochiligini yana-da rivojlantirish boʻlimi ochildi.

Raqs sanʼati boʻyicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, “Lazgi” ijro yoʻli namunalari “Oltin fondi”ni yaratish “Lazgi” boʻlimining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qarorga koʻra, Filial huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

“Lazgi”ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozitsiya;

“Lazgi” ijro yoʻlida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;

“Lazgi”ga oid liboslar namunalari galereyasi, koʻrgazmalar zali hamda artistik kafesi;

“Lazgi” bolalar havaskorlik teatr-studiyasi.

Filialda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul koʻrsatkichlari har yili OTMga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications