Oʻzbekiston Kioto xalqaro konvensiyasiga qoʻshildi

“Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973-yil 18-may, 1999-yil 26-iyunda qabul qilingan oʻzgartirishlar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston ushbu xalqaro Konvensiyaga qoʻshimcha shart bilan (Tovarlarni kabotaj tashish bobini mustasno qilgan holda) qoʻshiladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications