Oʻzbekistonda birinchi marta qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbiri amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 104-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbiri amalga oshiriladi.

Mazkur qarorning ahamiyatli jihati shundan iboratki, Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbirlari umuman oʻtkazilmagan boʻlib, mazkur tadbir dastlabkisi hisoblanadi hamda uni uch bosqichda amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Qarorga muvofiq:
– Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish konsepsiyasi;

– Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga doir chora-tadbirlar rejasi;

– Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi;

– Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ – Davlat statistika qoʻmitasi Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

Roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda, qishloq xoʻjaligi faoliyatining turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslanadigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik metodlar asosida yigʻish maqsadida amalga oshiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications