Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, «saxovat” va “muruvvat” internat uylari tizimini yana-da rivojlantirish toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va uning hududiy boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi.
Belgilanishicha, Agentlik keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Agentlik oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi;
Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.