Prezident “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi

“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga koʻra, davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

davlat xaridlarini rejalashtirish;

xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;

shartnomani tuzish va bajarish;

davlat xaridlari monitoringi.

Prezident farmonlari va qarorlariga muvofiq Investitsiya va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlari asosida “fast-track” usulida (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshirish mumkin.

Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:

elektron doʻkon;

boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion;

eng yaxshi takliflarni tanlash;

tender;

toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari;

Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari bilan ruxsat etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari.

Xarid qilish tartib-taomillari elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.

Qonunga muvofiq, ushbu sohada davlat nazoratini quyidagilar amalga oshiradi:

Hisob palatasi;

Bosh prokuratura;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

Moliya vazirligi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi.

Shuningdek, fuqarolari, mahalla, nodavlat notijorat tashkilotlari va OAV sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Qonun kuchga kirishi bilan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–472-sonli Qonun oʻz kuchini yoʻqotadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications