Hukumat qarori bilan Professional taʼlim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra, barcha professional taʼlim muassasalarining boshqaruv va pedagog kadrlari “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshiradi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv rejasiga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi malaka oshirish instituti hamda uning hududiy fakultetlaridagi amaliyot tegishli tashkilotlarda oʻtkazilishi mumkin.
Malaka oshirish quyidagi shakllarni oʻz ichiga oladi:
● mustaqil malaka oshirish;
● muqobil malaka oshirish;
● Institut yoki fakultetlarda bevosita oʻqish.