Professional taʼlim tizimida dual taʼlim tashkil etiladi
“Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan professional taʼlim tizimida dual taʼlim tashkil etiladi.
Dual taʼlim – bu taʼlimni oʻz yoʻnalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizimdir.
Dual taʼlimni tashkil etish uchun hokimliklar va manfaatdor vazirliklar tomonidan oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyoj aniqlanadi va taklif tayyorlanadi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi har yili 1-iyulgacha dual taʼlim boʻyicha kadrlar tayyorlanadigan taʼlim muassasalarini belgilaydi.
Tanlangan taʼlim muassasalari belgilangan kvotalar boʻyicha oʻquvchilarni qabul qiladi.
Taʼlim muassasalari kadrlarga ehtiyoji boʻlgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va oʻquvchi oʻrtasida ham tuziladi. Bunda oʻquvchi uchun tashkilotda muayyan ish oʻrni ajratiladi.
Oʻquvchilar bir haftada kamida ikki kun taʼlim oladi qolgan kunlar ishlaydi.
Oʻquvchiga ishlagan kunlari uchun haq toʻlanadi.