Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, kunduzi barcha avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi bekor qilingan.
Ammo, 2020-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi holatlarda kunduzi yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish lozim:
– transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
– yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
– bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
– xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
– mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);
– motosikl va mopedlarda.