Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi

2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.

Unga ko’ra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni yuksak saviyada oʻtkazish boʻyicha aniq choralar belgilanadi.

Mazkur vazifani bajarish muddati etib 2021-yil 1-mart sanasi belgilangan.

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar mazkur jarayonga masʼul tuzilmalar etib belgilanmoqda.

Chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

Dasturda:

saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar boʻyicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish;

xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications