Qanday holatlarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?

Qonunchilikka koʻra, quyidagi holatlarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

● soʻyilishi ixtisoslashtirilgan va mini soʻyish korxonalarida amalga oshirilmagan boʻlsa;

● belgilanmagan transport vositalarida yetkazib berilgan boʻlsa;

● veterinariya hujjatlari boʻlmasa;

● ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasining F-200 shakldagi maʼlumotnomasi boʻlmasa;

● veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi boʻlmasa;

● oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga boʻlsa, parrandalarning patlari yulinmagan boʻlsa;

● xona yoki koʻcha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qoʻyilgan boʻlsa;

● veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan goʻshtlarning yagona elektron bazasiga kiritilmagan boʻlsa.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications