Sudya lavozimida pensiya olish huquqini beradigan ish stajini hisobga olishda oʻzgartirishlar kiritildi

Hukumat qarori bilan “Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

Endilikda quyidagilar ham sudya lavozimida pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga hisobga olinadi:

● ilgari sudya lavozimida ishlagan shaxslarning Oliy sud apparati rahbari, boshqarma boshligʻi yoki Oliy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa lavozimlarda ishlagan davri;

● Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabiga ishga jalb qilingan va malaka darajalariga ega boʻlgan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning Sudyalar oliy maktabida ishlagan davri.

Shuningdek, endilikda shaxsning Qonunchilik palatasi yoki Senat qarori bilan lavozimda boʻlgan davri ham sudya lavozimida pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga hisobga olinadi (ilgari faqat Prezident yoki Hukumat qarori bilan).

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications