Taksichilik uchun o’zini-o’zi band qilib litsenziya olish tartibi qanday?

Taksichilik bilan o’zini o’zi band qilgan holda shug’ullanish uchun 4 o‘rindiqli transport vositasi haydovchisi avvalo Davlat Soliq inspeksiya hududiy bo‘limlariga borib o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. 300 ming so‘m to‘lab guvohnoma oladi.

So‘ngra davlat xizmatlari markaziga borib qo‘lidagi guvohnomaga asosan yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasi olish uchun 1 yilga davlat boji to‘lab litsenziya varaqasi oladi. To‘lov — 300 ming so‘m.

Shunda haydovchi jami bo‘lib 1 yilga 600 ming so‘m sarf qiladi. Boshqa, kunlik to‘lovlar mavjud emas.

Shu orqali taksi belgili plafon olib transport vositasini tom qismiga o‘rnatib yo‘lovchi tashishi mumkin. Plafon bo‘lmasa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-4 moddasiga (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish) ko‘ra javobgar bo‘ladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications