Xorijda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun – yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda.
Eslatma! Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda xorijda ishlaganligi hukumat tomonidan vakolat berilgan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
Asos: Hukumatning 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori.