Qanday turdagi yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat roʻyxatidan o‘tkazilmaydi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-bobi 1-bandi 1-xatboshisiga koʻra, ushbu Nizom talablari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan

  • banklar va kredit byurolari,
  • ularning vakolatxonalari hamda filiallari (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 30-iyundagi 3252-son qarori asosida)
  • nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom asosida)

tatbiq etilmaydi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications