Talabalarning biznes-startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha innovatsion tashkilotlar tashkil etiladi

“Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tashkil etildi.

Markaz agrosanoat majmuida “Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimining yuritilishi uchun masʼul tashkilot sifatida faoliyat koʻrsatadi.

Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda, integratsiyalashgan yagona axborot tizimiga agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid maʼlumotlarni taqdim etish qoidalarini belgilash vakolati berildi.

2021-yil 1-mayga qadar yirik gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.

Toshkent agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Talabalarning agrar sohadagi biznes-startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha innovatsion tashkilotlar tashkil etiladi.

Shuningdek, 2021-yilda “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini respublika hududlariga joriy etish boʻyicha manzilli roʻyxat tasdiqlandi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications