Uy-joy (kvartira) qanday xususiylashtiriladi?

Uy-joy yoki kavartirani xususiylashtirish ishlarini amalga oshirish uchun tuman (shahar) hokimligiga, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatlariga (mulkdorga) ariza bilan murojaat qilinadi.

Murojaatni ko‘rib chiqish muddati – 2 oy.

Turar joylarni xususiylashtirish davlat uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.

Xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan uy-joy (kvartira)lar

  • ijara shartnomasi asosida fuqarolar foydalanilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar;
  • qayta tiklash, ta’mirlanish ishlari tugallangan, ammo odamlar ko‘chib kirmagan va bo‘shatilgan uylarning kvartiralar;
  • yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.

Xususiylashtirilmaydigan uy-joy (kvartira)lar

  • yopiq harbiy shaharchalardagi uylarning kvartiralari;
  • uy-muzeylar, me’morchilik, tarix va madaniyat yodgorliklari hisoblanuvchi kvartira va uylar;
  • umumiy yotoqlarning xonalari;
  • belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan kvartiralar;
  • xizmat kvartiralari, xonalari (uylari);
  • ikki va undan ziyod ijarachi yashab turgan kvartiralar agarda ularni xususiylashtirishda barcha ijarachilarning roziligi bo‘lmasa.

Fuqarolarning alohida uy, kvartira va xonaga bo‘lgan egalik huquqi turar joy qiymati to‘liq to‘langan(sotib olingan) va order olingan paytdan boshlanadi.

Turar joyning haqini to‘lab va tekinga xususiylashtirilayotgan fuqarolarga uy-joy egasining qarori asosida egalik huquqini beruvchi yagona shaklda belgilangan davlat orderi beriladi.

Order xususiylashtirilgan uy-joy uchun qonuniy huquqni belgilovchi hujjat hisoblanib, texnika inventarizatsiyasi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.


Taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati

  • xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorning (buyruqning) nusxasi;
  • uy-joyni xususiylashtirayotgan fuqaroning pasporti nusxasi;
  • uy daftarining nusxasi (kvartiralar bo‘yicha kartochkaning nusxasi (17-shakl);
  • fuqaroning imtiyozli asosda xususiylashtirish huquqini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma.

Undiriladigan yig‘im miqdori – eng kam oylik ish haqining 2 barabari

Uy-joy (kvartira)ni xususiylashtirish yo‘li bilan sotib olish usullari

1992-yilgacha qurilgan uylarni xususiylashtirishda uning narxi:

  • birdaniga to‘liq to‘lanishi mumkin;
  • 5 yil davomida bo‘lib to‘lanishi mumkin, bunda kvartira qiymatining 40% dastlabki haq (badal) to‘lanadi.

1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan uylar xususiylashtirilganda uning narxi:

  • birdaniga to‘liq to‘lanishi mumkin;
  • 20 yil davomida bo‘lib to‘lanishi mumkin, bunda kvartira qiymatining 10% dastlabki haq (badal) to‘lanadi.

Birdaniga to‘liq to‘langanda taqdim etiladigan chegirmalar:

  • 10% – 1992-yilgacha qurilgan uy-joy uchun
  • 20% – 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan uy-joy uchun
  • 5 va 10% – kvartira haqini ikki yarim yil davomida to‘langanda

Harbiy xizmatchilar tomonidan xizmat turar joylarini xususiylashtirish

Xizmat turar joylarini bepul xususiylashtirish huquqiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar toifalari:

  • mudofaa vazirligi xodimlari;
  • ichki ishlar vazirligi xodimlari;
  • favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari;
  • davlat xavfsizlik xizmati xodimlari.

Xususiylashtirish shartlari:

  • 20 yil va undan ortiq harbiy xizmat qilish va harbiy xizmatdan bo‘shash vaqtida uy-joyi mavjud bo‘lmasligi;
  • 10 yildan kam bo‘lmagan muddat harbiy xizmat qilgan holda, quyidagi sabablarga ko‘ra harbiy xizmatdan bo‘shatilgan bo‘lsa:
    • shtatlar qisqarishi
    • shtatlar qayta tashkil qilish
    • harbiy xizmat natijasida sog‘lig‘i yomonlashuvi 
    • boshqa tashkiliy-shtatlar masala 
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications