Xolid Husayniy – “Shamol ortidan yugurib”

“Kattalar urushining eng dahshatli oqibati-bolalar qalbi va jismining shikastlanishidir”.

Kitobni yopib fikrlarim chalkashib ketganini his qilyapman. Naqadar shafqatsizlik! Hayot qanchalar murakkabligini his qildim. Vijdon azobi eng og’ir yuk bo’lsa kerak. Olmaning tagiga olma tushadi, deb bejiz aytishmas ekan. Amir otasini o’zi bilan qiyoslaydi, undagi fazilatlarni o’zidan topa olmasdi. Ammo tushunib yetadiki, u otasidek ekan, ikkisi ham o’zlariga o’la o’lguncha sodiq bo’lgan odamlarni sotishdi. Ularga xiyonat qilishdi. Asarda nafaqat do’stlik tarannum etilgan, balki muhabbat, urush, vijdon azobi ham keng ko’lamda yoritib berilgan.

Men Hasan obrazini sevdim. Undagi halollik, mehr, soddalik, mardlik kabi tuyg’ular kitobxonni o’ziga jalb etmay qo’ymaydi. Ayniqsa, uning Amirga aytgan gapini hali hanuz yodimdan chiqarganim yo’q, “Sen uchun bo’lsa ming martalab” naqadar sodiqlik va itoatkorlik mujassam bu jumlada. Asarni o’qir ekansiz Holid Husayniyning “Afg’onistonda bolalar ko’p ammo bolalik yo’q. “ degan gaplariga yana bir karra amin bo’lasiz. Biz mana shunday tinch va osoyishta hayotimizga qancha shukr aylasak shuncha kam deb hisoblayman. Hayot naqadar shafqatsiz ekanligi va bizdan uzoqda qanday muthish voqealar yuz berayotganini tushundim.

 

“Afg’onistonda bolalar ko’p ammo bolalik yo’q. “

 

Shahnoza Hamdamova

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications