Xolid Husayniyning “Ming quyosh shu’lasi” asari haqida

Xolid Husayniyning “Ming quyosh shu’lasi” asari

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Bu haqqoniy voqealarga asoslangan asar har bir kitobxonni o’ziga jalb qiladi va chuqur o’ylantiradi. Asar Afg’onistonda yuz bergan tinimisiz urushlar, sof muhabbat, Maryam va Laylo azob uqubatlar bir kun tugab, bari bir  quyosh nur sochishiga umid qilib boshidan ne ne savdolarni o’tkazganliklari haqida hikoya qilinadi. Kitobda boshqa obrazlardan ko’proq Maryamga achindim. Maryam butun umr baxtga initilgan, ammo baxtli bo’la olmagan hokisor, sodda va juda mehribon ayol….  Nahot Maryam tinch, xotirjam va baxtli yashashga haqli bo’lmasa!? Nima u bunga arzimasmidi!? Menga eng alam qilgani otasining xatini ham o’qimaydi, bilganda edi otasi qanchalar azob tortganini, Alloh unga qanday balolarni boshiga solganini bilganda edi, balki yengil tortar va otasini kechirarmidi? Bunday otani kechirish mumkinmi aslida!?  

Shu asar tufayli anchagacha o’zimga kela olmadim, ko’p yeg’ladim, avvalambor urush qanchalar daxshatli ekanligini tushundim, tinchlikda va mustaqillikda yashayotganimga behisob shukur qildim! Juda kuchli asar. Ayol shanini toptab, uni kamsitib, yer bilan bitta qilib qo’yadigan erkaklar borligiga achindim. Ammo Laylo va Tariqning qiyinchiliklardan so’ng sof muhabbatining baxtli hikoyasi menga taskin berdi.

 

Shahnoza Xamdamova

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications