Yangi mashinani texnik koʻrikdan oʻtkazish talabi bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistonda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi soddalashtiriladi. Bu haqda umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan davlat dasturi loyihasida aytib oʻtilgan.

Unda transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida yoʻlga qoʻyish ham taklif etilmoqda.

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida bittadan roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimlarida “propiska”dan qatʼi nazar transport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga davlat raqamini berish koʻzda tutilmoqda.

Yana bir taklif — barcha roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimlarida hamda 20 ta DXMlarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiriladi. Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon jarayonini onlayn kuzatish imkonini yaratish ham reja qilingan.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications