“Yangi Oʻzbekiston” universitetini tamomlaganlar rahbarlikka tayinlanadigan nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston” universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tashkil etildi.

Belgilanishicha:

Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;

Universitetda taʼlim jarayoni nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi;

Universitetni tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga olinadi hamda 5 yillik ish tajribasidan soʻng rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi;

Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvaraqlari, shtamp va boshqa rekvizitlariga ega boʻladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications