Annotasiya
Mazkur maqolada mamlakatda amalga oshirilayotgan sud-huquq isloxotlari natijasida davlat boshqaruvi shu bilan birga yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini boshqarishning demokratlashuv jarayonlari yoritilishi bilan bir qatorda amaldagi qonunchilik va yetakchi olimlarning fikrlari asosida yer nazorati tushunchasi va uning prosessual xususiyatlari to‘g‘risida asosli takliflar beriladi.
Tayanch iboralar: Nazorat, davlat nazorati, davlat yer nazorati, yerlardan foydadanish, yerlarni muhofaza, yer prosessi, davlat yer nazoratining prosessual ahamiyati.
Аннотация
В этой статье размышляя, о процессуальных вопросах земельного контроля как значительного института земельного права. раскрывается понятие земельного контроля и его процессуальные особенности.
Ключевые слова: Контроль, государственний контроль, государственний земельний контроль, использование земель, земельний процесс, процессуальные особенности государственного земелного контроля.
Annotation
In this artiсle is being considered the issues of agrarian control which is major institute of land law, brought to light the concepts of land control and its procedual features.
Key words: commodity, delivery contract, discharge of obligations, civil and legal liability, market economy, civil and legal contract.
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq munosabatlar ustidan nazorat o‘rnatish mamlakatning strategik mulki va asosiy boyligidan oqilona foydalanish, yer munosabatlari ishtirokchilari tomonidan yer qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi integrasiyalashuv jarayoni va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud huquq islohotlariga hamohang ravishda ayrim huquqiy tushunchalarni alohida tahlil qilish va uning zamonga mos ta’riflarini ilmiy o‘rganib va asosli takliflar berishni taqozo etmoqda.
Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki nazorat xususan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat tushunchalarining mohiyati huquqiy isloxotlar natijasida tubdan o‘zgardi va nazoratdan ko‘zlangan maqsad yerdan foydalanuvchi sub’yektlarga yerdan to‘g‘ri va rasional foydalanish uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilayotganligini kuzatishimiz mumkin.
Shunday bo‘lsada bugungi kunda qonunchiligimizda ayniqsa O‘zbekiston Yer kodeksida mazkur masalalarda noaniqliklar mavjud.
Mazkur mavzuga e’tibor qaratishidan maqsadimiz esa, davlat nazorati tushunchasining yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish munosabatlariga tadbiq e’tilishining prosessual xususiyatlarini o‘rganish va yer qonunchiligining ba’zi normalarini o‘z ilmiy o‘rganishlarimiz asosida tahlil qilishdan iboratdir.
Aynan shunday tushunchalardan biri «nazorat» tushunchasi hisoblanadi. E’tiborlisi shundaki nazorat yoki davlat nozorati tushunchalari huquqshunoslik fanlarining turli sohalarida turlicha talqin qilinishi va bu masalaga rangbarang yondashuvlar bilan ilmiy asoslar keltirilganligi mavzuning yanada dolzarbligini namoyon qiladi.
Yerlardan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazorati yer nazoratining turlaridan biri va shu bilan birga davlatning muhim funksiyasidir. Shuning uchun ham mazkur tushunchaning tarkibiga kiruvchi davlat nazorati, yerlardan foydalanish, yerlarni muhofaza qilish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish kabi tushunchalarning mohiyatiga yetish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida «nazoart» tushunchasiga ta’rif berilmagan. Yer kodeksning 83-moddasida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari sifatida – yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun hujjatlari talablariga rioya etishlarini ta’minlashdan iborat ekanligi ta’kidlanadi.
Umumiy ma’noda davlat nazorati tushunchasini davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat sifatida ta’riflash mumkin. O‘zbek tilining izohli lug‘atida «nazorat» tushunchasiga tekshirish va ma’lum normalarning ta’sirini o‘tkazish maqsadida kuzatishdir deb ta’rif beriladi.
Nazorat bu ijodiy xarakterdagi doimiy kengayib boradigan har kungi jarayon xisoblanadi. Nazorat davlat boshqaruv faoliyatining ham asosiy elementidir va ayni vaqtda yerdan foydalanishni tartibga solish jarayonini ham nazoratga oid qoidalarsiz tasavvur qilish mumkin emas.
«Nazorat» tushunchasining bunday taxlili yerdan foydalanish va muhofaza qilishni nazorat qilishning ham quyidagi o‘ziga xos jihatlarini aniqlab berishga xizmat qiladi. Birinchidan umumiy ko‘lamdaligi, ya’ni nazorat yerga egalik turidan va yer fondi turlaridan qat’iy nazar barcha yerlarni qamrab oladi; ikkinchidan yer nazorati hech qanday muddatlar bilan cheklanmasdan doimiy olib boriladi.
B.V.Yerofeyevning ta’rifida nazorat tushunchasi o‘rniga boshqaruv tushunchasi qo‘llanilib, berilgan ta’rifning o‘zi e’tiborga molikdir. Yerofeyevga ko‘ra yerlardan foydalanish yuzasidan davlat boshqaruvi bu – maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlarining yerga egalik qilish turidan qatiy nazar yer huquqining barcha subyektlariga yerlardan samarali foydalanish va muhofaza qilishga sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tashkiliy faoliyatidir.[1]
Yu.A.Jurayevning fikricha yer fondining davlat boshqaruvi deganda vakolatli davlat organlarining yerdan foydalanish va uni muhofaza etish bo‘yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.[2]
Davlat yer nazoratini prosessual jarayon deb xisoblashimizga o‘ziga xos asoslar mavzud. Ma’lumki, huquq normasini hayyotga tadbiq qilish huquq nazariyasining muhim muammolaridan biridir. Mazkur masala bo‘yicha ilmiy nashrlarda olimlarning baxslarini kuzatishimiz mumkin. Mazkur baxslarning taxlili sifatida, ko‘pchilik olimlar aynan huquqni qo‘llash huquqni hayotga tadbiq qilishning asosiy usullaridan biridir deb hisoblaydilar. Huquqiy normalarni hayotga tadbiq qilishning ikkinchi turi uning jamoat tashkilotlari va ayrim fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro etilishidir.
Yer huquqida yerlardan foydalanish va muhofaza qilishning ikkita bir biri bilan bog‘liq jihatlari haqida fikr yuritiladi. Birinchidan, yer fondining davlat tomonidan boshqarilishi bilan bog‘liq funksiya sifatida. Ikkinchidan vakolatli organlarning prosessual tartibda amalga oshiradigan faoliyati sifatida. [3]
Yer huquqining prosessual muammolarini o‘rgangan olimlardan biri B.J. Abdraimovning yerdan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq davlat nazorati mansabdor shaxslarining (davlat inspektorlarining) va ularga bo‘y sunuvchi sub’yektlarning yerlardan foydalanishi jarayonida yer qonunchiligi talablariga rioya qilinayotganligi yoki buzilayotganligi to‘g‘risidagi faktlarni aniqlashga qaratilgan faoliyatdir. [4]
Kyeltirilgan taxlillar asosida yerlardan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazoratini huquqiy prosessning bir turi sifatida e’tirof etishimiz mumkin.
Yuqoridagi tushunchalar asosida shunday xulosaga kelish mumkin. Davlatning yer nazorati bu- doimiy va uzluksiz davom etadigan jarayon bo‘lib maxsus vakolatli organlarning yer huquqi subyektlariga nisbatan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga sharoitlar yaratib berish yuzasidan ijro etish va farmoyish berish bilan bog‘liq prosessual faoliyatidir.
Davlat yer nazoratining mohiyatini anglash uchun «yerlardan foydalanish», «yerlarni muxofaza qilish» kabi davlat yer nozoratining ajralmas bo‘lagini tashkil qiluvchi tushunchalarga aniqlik kiritish zarur.
Amaldagi qonunchikda mazkur tushunchalar juda keng ma’noda qo‘llanilayotganligiga yoki Yer kodeksining turli normalarida tarqoq xolda ekanligni yoxud bir biri bilan huquqiy jihatdan chegaralanmaganliga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
To‘g‘ri, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 79-moddasida yerlarni muhofaza qilish tushunchasiga aniqlik kiritilgan bo‘lib unga ko‘ra yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi.
E’tibor qaratadigan bo‘lsak mazkur ta’rifda faqatgina yerlarni muhofaza qilishning tarkibi aniqlab berilgan hamda yer fondi ma’lum bir turlarining nomlarini sanash bilan cheklanilgan. Ayniqsa bu ta’rif qishloq xo‘jaligi yerlari muhofazasiga e’tiborning kuchli ekanligi to‘g‘risidagi tassavurni uyg‘otadi. Yuqoridagilarni inobatga olib Yer kodeksining 79-moddasida «yerlarni muhofaza qilish» tushunchasining tub mahiyati ochib berilmagan deb hisoblash mumkin.
Fikrimizcha, yerlarni muhofaza qilish tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. Yerlarni muhofaza qilish bu – yerni tabiatning muhim bir bo‘lagi hamda inson hayoti va faoliyatining asosiy unsuri sifatida saqlash va qayta tiklashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa jarayonlarning yig‘indisidir.
Ta’rifdagi yerni tabiatning muhim bir bo‘lagi sifatida sanalishi e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jixatlardan biridir. Chunki yerlar muhofazasi deyilganda nafaqat iqtisodiy munosabatlarga tortilgan yerlar balki yer umumiy qamrov bilan tabiat ob’yekti sifatida e’tirof etilmoqda.
Ta’rifdagi «saqlash» va «qayta tiklash» tushunchalari bilan esa tuproq unumdorligini saqlash, yerlarni suv, shamol va quyosh erroziyasidan asrash, sho‘rlanish, cho‘llashish, radioktiv va kimyoviy moddalar bilan zararlanishning oldini olish, ishalb chiqarish va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishdan, qishloq xo‘jaligi yerlarining bakteriologik zararkunandalar bilan zararlanishidan saqlash shuningdek vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararli ta’sirlarning oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq chora tadbirlarning yig‘indisi tushuniladi.
Yer huquqi nazariyasi va amaliyotida «yerlardan foydalanish» va «yerlarni muhofaza qilish» tushunchalarining ahamiyati katta bo‘lib mazkur tushunchalarning o‘zaro huquqiy chegaralarini aniqlash muhim xisoblanadi.
Yerlardan foydalanishga oid normalar Yer kodeksida turli xil moddalarida (200 tadan ortiq qo‘llanilgan) tarqoq xolda bo‘lib yerlardan foydalanish tushunchasiga aniq ta’rif keltirilmagan. E’tiborlisi shundaki yerlardan foydalanish tushunchasining huquqiy chegaralarini aniqlamay turib yerlarni muhofaza qilish tushunchasi qanday ta’riflashimizdan qat’iy nazar mavxum va baxsli bo‘lib qolaveradi.
Yer kodeksi moddalarining taxlili asosida yerlardan foydalanish tushunchasini yer uchastkasining foydali xususiyatlaridan foydalanish yoki yerdan moddiy va boshqa manfaatlarni qondirish uchun turli xil usullarda foyda olishni tushunish mumkin.
Yerdan foydalanish huquqi ma’lum organlarning yerni berish to‘g‘risidagi akti va va yer uchastkasini naturada joyning o‘zida o‘lchovlar asosida (tegishli xujjatlar to‘plangandan keyin) berish bilan boshlanadi va yerdan foydalanishning tugatilishi ham qonunda ko‘rsatilgan ma’lum prosessual harakatlar asosida amalga oshiriladi. Muayyan huquqiy prosessual munosabatlar yerdan foydalanishni nazorat qilish jarayonida ham vujudga kelib, nazorat organlari va yerdan foydalanayotgan sub’yektlar o‘rtasidagi munosabatlar ham qonunda ko‘rsatilgan tegishli prosessual normalarsiz vujudga kelishi mumkin emas.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki yerlardan foydalanish va yerlarni muhofaza qilish yer nazoratini amalga oshirishning asosiy elementlaridan xisoblanib mazkur tushunchalarga aniqlik kiritilishi esa nazorat jarayonining samarali tashkil etilishiga olib keladi.
Annotasiya
Mazkur maqolada mamlakatda amalga oshirilayotgan sud-huquq isloxotlari natijasida davlat boshqaruvi shu bilan birga yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini boshqarishning demokratlashuv jarayonlari yoritilishi bilan bir qatorda amaldagi qonunchilik va yetakchi olimlarning fikrlari asosida yer nazorati tushunchasi va uning prosessual xususiyatlari to‘g‘risida asosli takliflar beriladi.
Tayanch iboralar: Nazorat, davlat nazorati, davlat yer nazorati, yerlardan foydadanish, yerlarni muhofaza, yer prosessi, davlat yer nazoratining prosessual ahamiyati.
Аннотация
В этой статье размышляя, о процессуальных вопросах земельного контроля как значительного института земельного права. раскрывается понятие земельного контроля и его процессуальные особенности.
Ключевые слова: Контроль, государственний контроль, государственний земельний контроль, использование земель, земельний процесс, процессуальные особенности государственного земелного контроля.
Annotation
In this artisle is being considered the issues of agrarian control which is major institute of land law, brought to light the concepts of land control and its procedual features.
Key words: commodity, delivery contract, discharge of obligations, civil and legal liability, market economy, civil and legal contract.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Yerofeyev B.V. Zemelnoye pravo. Uchebnik dlya vuzov. – M.: OOO «Profobrazovaniye», 2001. – 312
- Yer huquqi: Darslik / Y.O.Jo‘rayev, M.H.Rustamboyevning umumiy taxriri ostida., TDYuI, 2002. – 86 b.
- Abdraimov B.J., Bogolyubov S.A. Zemelnoye pravo Rassii i Kazaxstana: problemы razvitiya, prosessualnыye formы – M.: Yurist, 2007. – S. – 278.Abdraimov B.J., Bogolyubov S.A.
- Zemelnoye pravo Rassii i Kazaxstana: problemы razvitiya, prosessualnыye formы – M.: Yurist, 2007. – S. – 278.
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali
«Davlat-huquqiy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisiSadiqov Hamid Yuldashevich