Yuridik markazlar faoliyatida chin yetim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning huquqlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada kuchaytirildi. Bu esa o`z navbatida chin yetim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning har tomonlama o`qib bilim olishlari va o`zlari xohlagan mashg`ulotlar bilan shug`illanish imkoniyatlarini yaratmoqda.

Bugungi kunda chin yetim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning huquqlarini taminlash va ularga huquqiy yordam berish bo`yicha ishlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli qarori bilan tashkil topgan Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatiga biriktirildi. Buning natijasida yetim bolalarga berilayotgan imtiyozlar va huquqiy yordamlar o`z vaqtida ko`rsatilmoqda. Ayrim hududlarda chin yetimlarning huquqlari buzilishi, ularning salomatligi va ijtimoiy himoyaga muhtojligi kabi holatlar aniqlanmoqda. Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil topgan yuridik xizmat ko`rsatish markazlarining hodimlari tomonidan joylarda yetim bolalarning oilaviy sharoitlari o`rganilib, ularning ijtimoiy himoyaga bo`lgan huquqlari tiklanmoqda. Ularning huquqlari tushintirilib, mahallalarda va ta`lim muassasalarida ochiq davra suhbatlari o`tkazilmoqda.

Joriy yilning 18-noyabr sanasida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi 5168-sonli Qaroriga ko’ra, Yuridik xizmat ko’rsatish Markazlariga berilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda, Toshkent shahar adliya boshqarmasining 2021-yil 19-oktyabr kunidagi 3-1/793-sonli ko’rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Mirzo Ulug’bek tuman yuridik xizmat ko’satish markaz rahbari va mas`ul xodimlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar hamda ularning vasiylari bilan uchrashuv o’tkazildi. Mazkur uchrashuvda tuman vasiylik va homiylik organi vakili va maktabning masul xodimlari ham ishtirok etishdi. Tashkillashtirilgan uchrashuvda bolalarning hol-axvollaridan xabar olindi, uchrashuv davomida, bolalar, ularning vasiylari va homiyalariga, shuningdek ular taxsil oladigan maktab ma’sullariga Markaz tomonidan bepul yuridik xizmat ko’satilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

Turakulov Baxtiyor
Mirzo Ulug`bek tuman yuridik xizmatlar ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications