Yuridik va jismoniy shaxslar mualliflik haqi qanday hisoblanadi?

Yuridik va jismoniy shaxslar mualliflik haqi
Fonogramma asarlarini qayta ko‘paytirganlik, audiovizual asarlarni qayta ko‘paytirganlik uchun, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalarini prokatga topshirganlik uchun mualliflik haqini hisoblab yoziladi va undiriladi.

Mualliflik haqini to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar:
1) himoya qilinadigan va/yoki himoya qilinmaydigan fonogramma (fonogrammalarni tayyorlovchilar) ularni tarqatish maqsadida qayta ishlab chiqarish;
2) yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha audiovizual asarlar yoki fonogrammalarning yagona nusxalarini tayyorlovchilar;
3) fonogrammalar va/yoki audiovizual asarlar (kino-, videofilmlar, videodasturlar) nusxalarini prokatga topshiruvchilar.

Asarlardan foydalanish huquqi va javobgarlik:
Asarlardan tegishli ravishda foydalanishga ruxsatnoma (lisenziya) olish shart.
Asarlardan noqonuniy foydalanish (fonogramma asarlarini qayta ko‘paytirish, fonogrammalarni va audiovizual asarlar nusxalarini prokatga topshirish), shuningdek haqni to‘lash muddatlarining buzilishi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications