Bir oylik harbiy xizmat uchun to’langan badal qanday hollarda qaytarib beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq:

Fuqarolarning pul badali to‘lashlari, shuningdek xizmat mobaynida oylik harbiy yig’inlardan o‘tishlari fuqarolar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash shartlari hisoblanadi. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan pul badalining miqdori o‘zgartirilmaydi.

Pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga to‘langan mablag‘lar, agarda u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda belgilangan tartibda qaytarib beriladi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxo‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.

Ortiqcha to‘langan, shuningdek, Maxsus hisobraqamga yanglishib o‘tkazilgan pul badallari mazkur Nizomning va 9³-bandlarida belgilangan tartibda qaytariladi.

Boshqa holatlarda Maxsus hisobraqamga o‘tkazilgan pul badallari qaytarib berilmaydi.