Vazirlik va idoralarda 40 nafar rahbar oʻrinbosarlari lavozimi qisqartiriladi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasi maqbullashtiriladi

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-maydan davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi.

Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy boʻlinmalarida jami 5288 ta shtat qisqariladi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning rahbar oʻrinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga berildi.

2021-yil 1-sentyabrgacha xodimlarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini baholash uchun maxsus dastur ishlab chiqilib davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.