Majburiy ijro byurosi qanday organ?

Majburiy ijro byurosi Bosh prokuratura huzuridagi organ bo’lib, u asosan sud va boshqa organ hujjatlarini ijrosini amalga oshiradi. Majburiy ijro byurosi 30.05.2017 yilgi PQ-3016 sonli davlat rahbari qaroriga asosan tashkil etilgan. Tashkil etilganiga 4 yil bo’lishiga qaramasdan ushbu organ sud va boshqa organ hujjatlarini samarali va juda tez darajada ijrosini amalga oshiryapti. Lekin shuni ham aytish joizki, ko’pgina fuqarolar ushbu organ faoliyatidan norozi. Albatta, bu hozirda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uсhun global mavzu hisoblanadi ya’ni Majburiy ijro byurosi hodimlarini ular ilmsiz, o’z kasbini yaxshi bilmaydigan shaxslar deb hisoblashadi. Lekin aksincha Majburiy ijro byurosi hodimlari o’zining vazifasini bajarish uchun tinimsiz mehnat olib borishadi va shu orqali o’z maqsadlariga erishishadi. Masalaning yana bir tomoni borki, ya’ni haqiqatdan ham ayrim Majburiy ijro byurosi hodimlari o’z kasbiga sovuqqonlik bilan qarashadi. Bunga sabab ma’lum yuridik bilimga ega bo’lmaslik yoki qo’pol qilib aytganda o’zining kasbidan nafsini ustun ko’ruvchilar desak mubolag’a bo’lmaydi. Masalani yana bir jihati shundaki, balki aybni yoki bo’lmasa qandaydir norozilik kayfiyati paydo bo’lishi Majburiy ijro byurosi xodimlari tufayli emas, bizda ham ya’ni O’zbekiston Respublikasi fuqarolarida ham bo’lishi mumkin. Misol uchun ko’pgina fuqarolarda huquqiy ong, huquqiy madaniyat yaxshi rivojlangan bo’lmasligi mumkin. Shu tufayli ular qonunchilikdagi ayrim bir tushunchalarga, qonunchilikda bo’layotgan yangiliklarga tushunmasligi yoki uning mazmun-mohiyatiga angla olmasligi mumkin. Sh.Saydullayevning ta’kidlashicha huquqiy ong bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo’lib, kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan bo’lgan g’oyalar, his-tuyg’ular, tasavvurlar yig’indisidir.[1] Ko’rib turibmizki, fuqarolarda huquqiy ong rivojlansa, ular qonunchilikka, huquqqa nisbatan his-tuyg’u va tasavvurlar mavjud bo’ladi. Qachonki huquqiy ong yoki huquqiy madaniyat rivojlansa, jamiyat rivojlanadi va turli xil noroziliklar mavjud bo’lmaydi.

Ana endi Majburiy ijro byurosi faoliyatining yanada samaraliroq va ishonchliroq bo’lishi uchun bir qator takliflar mavjud:

  1. MIB ID nomli har bir iste’molchi yuridik va jismoniy shaxslarga ID kartalar ochilishi va bu ID kartada iste’molchi va qarzdor (Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi.[2]) jismoniy va yuridik shaxsning shaxsiy ma’lumotlari ya’ni fuqaroning pasporti, soliq to’lovchinig individual raqami (STIR), INPS raqami, uning nomidagi barcha hisobraqamlari, agarda iste’molchi va qarzdor yuridik shaxs bo’ladigan bo’lsa, korxonaning guvohnomasi, unga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, soliq to’lovchinig individual raqami (STIR), bankda ochilgan barcha hisobraqamlari, korxona ustavi, korxona rahbari va ta’sischisi to’g’risdagi ma’lumotlar, u jismoniy yoki yuridik shaxsmi, albatta, uning shaxsiy va uyali aloqa raqami, elektron pochtasi va iste’molchi va qarzdor haqidagi boshqa ma’lumotlar  kerak bo’ladi. Buning uchun O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarining har birida elektron pochtasi va MIB ID nomli ID kartani ochilishiga amaliy yordam berishi kerak. Shu orqali elektron pochta va MIB ID kartani ochilishi hammaga majburiy tarzda amalga oshirilishi yo’lga qo’yilishi kerak. Bu ID karta orqali MIB xodimlarining faoliyati yanada soddalanishi, markaziy boshqaruv, monitoring qilishi, iste’molchi va qarzdorlar bilan aloqadagi shaffoflikga sabab bo’ladi. Davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar ana shu iste’molchi yoki qarzdorning ID kartasiga joylashtirish, ularni bu haqda ogohlantirish, ya’ni chiqarilgan normativ–huquqiy hujjatlarni iste’molchi yoki qarzdor uydan chiqmasdan ham xabardor qilish imkoniyati mavjud bo’ladi. Bu interfeys orqali yuridik va jismoniy shaxsda qarzdorlik mavjud bo’lsa, qarzdor yoki iste’molchi yuridik va jismoniy shaxsning MIB IDda mavjud bo’lgan hisob raqamidan avtomatik tarzda undiruvchi (Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs undiruvchi hisoblanadi.[3]) korxonaning hisob raqamiga o’tkaziladi. Interfeys yanada yaxshiroq ishlash uchun va ko’proq ma’lumotlar, sud hal qiluv qarorlari, sud buyrug’i, ijro varaqasi, ajrimlarini onlayn ko’rish uchun www.e-sud.uzwww.oliysud.uz saytlari bilan hamkorlikda ishlanishi kerak.

Bu interfeysning ishlash tartibi quyidagicha:

  • Qarzdor va iste’molchi yuridik va jismoniy shaxs kabinetining login va paroli mavjud bo’ladi;
  • Sud tomonidan chiqarilgan qaror, ajrim, hal qiluv qarori, sud buyrug’i va ijro varaqasi bo’yicha qarzdorlik mavjudligini, mavjud bo’lsa bu haqda asos hujjatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi;
  • Agarda qarzdorlik mavjud bo’lsa iste’molchi yuridik va jismoniy shaxsning MIB IDdagi elektron pochtasiga normativ-huquqiy hujjatlar yuboriladi va bu haqda ogohlantiriladi. Bu borada qarzdor yoki iste’molchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan to’gridan to’g’ri tanishadi;
  • Iste’molchi yoki qarzdor ijro varaqa yoki sud buyrug’iga asosan o’zi undiruvchi sifatida qatnashadigan bo’lsa, bu borada ham davlat ijrochisi qarorlari, qarzdorning xatti – harakatini kuzatib boradi;
  • Iste’molchi, ijro ishi yuritishda taraflar davlat ijrochisi xatti – harakatlaridan norozi bo’lsa, shu interfeys orqali to’g’ridan to’g’ri davlat ijrochisi ustidan yuqori turuvchi isntansiyaga shikoyat qilishi mumkin;
  • Qarzdorliklar mavjud bo’lsa, interfeys orqali to’lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’ladi;
  • Davlat ijrochisi o’zi chiqargan qarorlarni MID Idga tashlaydi va qarzdor iste’molchilarni ogohlantiradi;
  • Qarzdor va iste’molchida qarzdorlik mavjud bo’lsa, ularning xisob raqamidan avtomatik tarzda undiruvchining xisob raqamiga o’tkazib beriladi;
  • MIB faoliyati bilan to’g’ridan – to’g’ri tanishihsh hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huqu va majburiyatlari bilan tanishish imkoniyati mavjud bo’ladi.

MIB IDning quyidagi afzalliklari mavjud bo’ladi:

  1. Ortiqcha ovoragarchilik;
  2. Shaffoflik;
  3. Odamlar rozi bo’lishi;
  4. Davlat va iste’molchi o’rtasida huquqiy aloqani yaxshilanishi;
  5. Noroziliklarni kamayishi;
  6. Sud va boshqa organ hujjatlarini tez va samarali ijro etilishi;
  7. Har qanday normativ – huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi.

Buning uchun MIB markaziy apparati har bir hujjatni online shaklda yaratishi va keyingi holatlarga ko’ra qog’ozbozlikdan voz kechilishi kerak. Albatta hujjatlar bo’lmasa qanday qilib ishlash mumkin degan savol tug’iladi. Bu savolga javob shundaki har bir iste’molchi va qarzdorlarning MIB ID raqami davlat ijrochisida mavjud bo’lib, u orqali  O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonuni, PQ – 3016, PF – 5059, fuqarolik protsessual kodeksi, iqtisodiy protsessual kodeksi, ma’muriy javobgarlik to’g’risdagi to’g’risdagi kodeksi va boshqa huquqiy manbalarga asosan ish faoliyatini va majburiy ijro harakatlarini amalga oshiradi.

  1. Fuqarolarga huquqiy ong va huquqiy madaniyat, MIB faoliyati, davlat ijrochisi va davlat inspektorining huquqiy maqomi to’g’risida, fuqarolarning huquq va majburiyatlari to’g’risida ijtimoiy rolik va reklamalar keng targ’ib etilishi kerak.
  2. Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini yanada samaraliroq bo’lishi uchun har bir davlat ijrochisiga ish yurituvchi biriktirilishi kerak.
  3. MIB faoliyati to’g’risida Android, IOS, Windows operatsion sistemalarda interfeyslar yaratilishi kerak.
  4. Majburiy ijro byurosi faoliyatida pochta aloqasini yaxshilash uchun Byuroga pochta-kurerlik shtatini tashkil qilish kerak.
  5. Byuro xodimlarining sog’lig’i va turmush tarzini yaxshilash uchun haftaning har yakshanba kuni sport kuni bo’lishi lozim.

Agar jamiyat huquqiy himoyada bo’lmasa, ularning g’oya va mafkuralari ijobiy tarzda amalga oshmaydi. Aksincha, ular davlatga, bo’layotgan yangliklarga radikal tarzda qarshilik ko’rsatishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi rivojlanayotgan davlat bo’lganligi, xalqaro miqyosda yuqori e’tirof etilyotganligi sababli jamiyat a’zolarining huquqiy ongini rivojlantirish zarur hisoblanadi.

 

S.B.Rasulov

Toshkent davlat yuridik universiteti

Ixtisoslashtirilgan filiali talabasi

 

 

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications