Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji qancha?
O‘zbekiston Respublikasining davlat boji to‘g‘risidagi Qonuniga muvofiq tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirilganda quyidagicha davlat boji to‘lanadi:
Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining har bir klassi uchun:
-rezident tomonidan – BHMning 1,5 baravari;
-norezident tomonidan – BHMning 24 baravari.
Bittadan ortiq har bir tovar va xizmatlar xalqaro tasnifining klassi uchun:
-rezident tomonidan – BHMning 50 foizi;
-norezident tomonidan – BHMning 8 baravari.
Categories:
Intellektual mulk huquqi