Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati qancha?

Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi” Qonunning 15-moddasiga muvofiq, talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, talabnoma berilgan sanadan e’tiboran yetti oy ichida biroq kamida olti oydan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladigan muhofazaga layoqatlilik axborotini izlash o‘tkazilgan taqdirda, talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir oy ichida o‘tkaziladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications