Tovar belgisi uchun talabnoma topshirishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi” Qonunning 9-moddasiga muvofiq talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:

-tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;

-talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;

-belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati;

-tovar ishlab chiqarilgan joyni jo‘g‘rofiy obyekt chegarasida ko‘rsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur:

-talabnoma berganlik uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

-talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;

-talabnoma beruvchining zikr etilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bog‘liq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;

-chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications