Notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun: | ||
a) ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | ||
agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa, ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab | ||
100 kv.m. gacha bo‘lganda | BHMning 1 baravari | |
100 kv.m. dan 200 kv.m.gacha bo‘lganda | BHMning 2 baravari | |
200 kv.m. va undan ortiq bo‘lganda | BHMning 3 baravari | |
agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa | ||
100 kv.m. gacha bo‘lganda | BHMning 50 foizi | |
100 kv.m. dan 200 kv.m. gacha bo‘lganda | BHMning 1 baravari | |
200 kv.m. va undan ortiq bo‘lganda | BHMning 1,5 baravari | |
Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga ko‘chmas mol-mulkni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. | ||
b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun | ||
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda | shartnoma summasining 5 foizi, biroq BHMning kamida 10 baravari miqdorida | |
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan — BHMning 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda | shartnoma summasining 10 foizi miqdorida | |
v) “b” kichik bandga muvofiq davlat boji to‘lab sotib olingan ko‘chmas mol-mulk xarid qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | BHMning 400 baravari | |
g) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun | ||
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga | BHMning 25 foizi | |
jismoniy shaxslar uchun | BHMning 50 foizi | |
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa | BHMning 1 baravari | |
Izoh. Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. | ||
d) mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandida belgilangan hollar mustasno | BHMning 50 foizi | |
e) garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritganlik uchun | ||
shartnoma summasiga qarab jismoniy shaxslar uchun: | ||
BHMning 1000 baravarigacha | BHMning 1 baravari | |
BHMning 1000 baravaridan 5000 baravarigacha | BHMning 1,5 baravari | |
BHMning 5000 baravari va undan ortiq miqdori uchun | BHMning 2 baravari | |
shartnoma summasiga qarab yuridik shaxslar uchun | ||
BHMning 1000 baravarigacha | BHMning 2 baravari | |
BHMning 1000 baravaridan 5000 baravarigacha | BHMning 3 baravari | |
BHMning 5000 baravari va undan ortiq miqdori uchun | BHMning 4 baravari | |
Izoh. Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda, davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. | ||
j) banklar va qarz oluvchilarning kredit bo‘yicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobidan qaytarish to‘g‘risidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun | BHMning 50 foizi | |
z) shartnoma summasiga qarab, qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun | ||
BHMning 100 baravarigacha | BHMning 25 foizi | |
BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha | BHMning 50 foizi | |
BHMning 300 baravari va undan ortiq miqdori uchun | BHMning 1 baravari | |
Izoh. Qarz shartnomalariga o‘zgartishlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. | ||
i) kafillik shartnomalarini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartishlar kiritganlik yoki bekor kilganlik uchun | ||
jismoniy shaxslar uchun | BHMning 25 foizi | |
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa | BHMning 50 foizi | |
k) korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun | BHMning 1 baravari | |
l) vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun | BHMning 5 foizi | |
m) merosga bo‘lgan xuquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun | ||
agar meros mol-mulk ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi bo‘lsa (har bir mol-mulk uchun) | BHMning 50 foizi | |
mol-mulkning boshqa barcha turlari uchun | BHMning 30 foizi | |
Izoh. Turar-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida o‘tayotgan meros mol-mulkning summasi merosxo‘rlik tayinlangan kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari tomonidan belgilangan baholash ma’lumotlari hisobga olingan holda belgilanadi. | ||
n) er-xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berganlik uchun | BHMning 50 foizi | |
o) avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun | ||
3 yilgacha bo‘lganda | BHMning 4 baravari | |
3 yildan 7 yilgacha bo‘lganda | BHMning 3 baravari | |
7 yil va undan ortiq bo‘lganda | BHMning 2 baravari | |
agar transport vositasi dvigatelining quvvati 60 ot kuchidan 110 ot kuchigacha bo‘lsa, ishlab chiqarilgan sanasiga qarab | ||
3 yilgacha bo‘lganda | BHMning 6 baravari | |
3 yildan 7 yilgacha bo‘lganda | BHMning 4 baravari | |
7 yil va undan ortiq bo‘lganda | BHMning 3 baravari | |
agar transport vositasining dvigatel quvvati 110 ot kuchidan yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarilgan sanasiga qarab | ||
3 yilgacha bo‘lganda | BHMning 10 baravari | |
3 yildan 7 yilgacha bo‘lganda | BHMning 8 baravari | |
7 yil va undan ortiq bo‘lganda | BHMning 5 baravari | |
bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun, ishlab chiqarilgan sanasiga qarab | ||
3 yilgacha bo‘lganda | BHMning 50 foizi | |
3 yildan 7 yilgacha bo‘lganda | BHMning 25 foizi | |
7 yil va undan ortiq bo‘lganda | BHMning 10 foizi | |
Izoh. Ayirboshlash shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir avtomototransport vositasidan undiriladi. Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda: mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan av�omototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi; yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga ko‘ra va notariusning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan hududlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi. | ||
p) avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun | ||
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga | BHMning 50 foizi | |
boshqa shaxslarga | BHMning 3 baravari | |
r) ko‘chmas mol-mulkni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun | ||
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga | BHMning 25 foizi | |
boshqa shaxslarga | BHMning 50 foizi | |
s) boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun | BHMning 10 foizi | |
t) meros mol-mulkni muhofaza qilish choralarini ko‘rganlik uchun | BHMning 30 foizi | |
u) hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining to‘g‘riligini shahodatlash uchun | har bir bet uchun BHMning 1 foizi | |
f) ijro xatlarini yozib berganlik uchun | undiriladigan summaning 1 foizi, biroq BHMning 10 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorida | |
Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi bo‘yicha ijro xatlarini yozib berishda davlat boji lizing shartnomasida belgilangan to‘lanmagan to‘lovlar summasidan lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati o‘tguniga qadar qolgan davr uchun daromadi chegirib tashlangan holda undiriladi. | ||
x) hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va ulardan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash uchun | ||
jismoniy shaxslar uchun | har bir bet uchun BHMning 1 foizi | |
yuridik shaxslar uchun | har bir bet uchun BHMning 2 foizi | |
shu ishlarni xorijda bajarganlik uchun | har bir bet uchun BHMning 5 foizi | |
ts) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini shahodatlash uchun | ||
jismoniy shaxslar uchun | BHMning 5 foizi | |
yuridik shaxslar uchun | BHMning 20 foizi | |
ch) notarial idoralarda mavjud bo‘lgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun | BHMning 5 foizi | |
sh) yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial harakatlar bajarilganligi uchun, bundan “a” — “ch” kichik bandlarda nazarda tutilganlar mustasno | BHMning 10 foizi | |
sh1) boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun, bundan mazkur moddaning “a” — “ch” kichik bandlarda nazarda tutilganlar mustasno | ||
jismoniy shaxslar uchun | BHMning 50 foizi | |
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa | BHMning 1 baravari | |
Izoh. Davlat notarial idorasi binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, bundan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chog‘ida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mustasno. Nikoh shartnomasini va aliment to‘lash haqidagi bitimni notarial tartibda tasdiqlash, ularga o‘zgartishlar kiritish yoki ularni bekor qilish, shuningdek mol-mulkni o‘zga shaxsga o‘tkazishni taqiqlash va taqiqlashni bekor qilish chog‘ida davlat boji undirilmaydi. |
Categories:
Fuqarolik huquqi