Advokatlik litsenziyasi olish talablari qanday?

Advokatlarga litsenziya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi.

Litsenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida uch oy muddat stajirovka o‘tagan bo‘lishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.

Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications