Avtomashina uchun “Chiroyli raqam” qanday olinadi?

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp

Jismoniy va yuridik shaxslar avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqamini (“chiroyli raqam”)” oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha auksionda maxsus sayt orqali olishlari mumkin.

Buning uchun jismoniy va yuridik shaxslar Internet orqali saytda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Talabgor ro‘yxatdan o‘tishda:

  • jismoniy shaxs – o‘z familiyasi, ismi va otasining ismini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti seriyasi va raqamini, STIRini va avtomobilь transporti ro‘yxatdan o‘tkazilishi nazarda tutilgan hududni ko‘rsatadi;
  • yuridik shaxs – korxonaning nomini, STIRini va avtomobilь transporti ro‘yxatdan o‘tkazilishi nazarda tutilgan hududni ko‘rsatadi.

Chiroyli raqam”larning boshlang‘ich narxlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Auktsionda ishtirok etishdan avval “chiroyli raqam” boshlang‘ich narxining 10% miqdorida oldindan to‘lov (depozit) hamda birja savdolari tashkillashtirilganligi uchun shartnoma summasining 5% miqdorida to‘lov to‘lanadi.

Kimoshdi savdosida narx bo‘yicha takliflar soni cheklanmagan.

Kimoshdi savdosidan istalgan paytda chiqib ketish mumkin, oxirgi eng yuqori narxni taklif qilgan shaxs bundan mustasno.

Auktsionda eng yuqori narx taklif etgan shaxs g‘olib hisoblanadi. Agar auktsionda faqat bir nafar shaxs ishtirok etgan bo‘lsa, u holda boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lgan narx taklif etilsa, u g‘olib hisoblanadi.

To‘lov 5 ish kuni ichida to‘lanishi lozim.

To‘lovni rad qilish yoki to‘lashdan bosh tortish oqibatlari

  • bitim bekor qilingan deb e’tirof etiladi;
  • yangi g‘olib deb ikkinchi turgan shaxs tan olinadi;
  • oldindan to‘lov (depozit) qaytarilmay jarima shaklida ushlab qolinadi.
  • Ikkinchi turgan shaxs ham to‘lov to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, auktsion o‘tkazilmagan deb topiladi.
  • Chiroyli raqam”larni rasmiylashtirish otatdagi tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.

Mavzuga aloqador

Scroll to Top