Bir maktabda ikki lavozimda ishlash mumkinmi?

Ha mumkin. Bu ichki o‘rindoshlik hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 5-bandiga ko‘ra o‘rindoshlik asosida ishlashga, agar ushbu Nizomda o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, asosiy ish joyida (ichki o‘rindoshlik) yoxud boshqa tashkilotda (tashqi o‘rindoshlik) ishlashga yo‘l qo‘yiladi.

Holbuki, nizomning 7-bandiga muvofiq O‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno).

Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan kunlarda u o‘rindoshlik asosida to‘liq ish kunida ishlashi mumkin.

Ushbu qoidaning mazmuniga ko‘ra siz o‘rindoshlik asosida 0.5 stavkadan ortiq ishlay olmaysiz.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications