Bir yoshga to‘lmagan bolaga Xorijga chiqish biometrik pasporti necha yil muddatga beriladi?
2 views
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga muvofiq:
Xorijga chiqish biometrik pasporti tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha bolalarga — ikki yil muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti-xorijga chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.