Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish tartibi

Mehnat huquqiPensiya

Pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolari

Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:

O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.

O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.

O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar.

Boquvchining pensiya olish huquqini beruvchi ish staji

Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionyerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.

Agar, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.

Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi.

Boquvchining oila a’zolariga pensiyadan ulush ajratib berish

Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi.

Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi.

Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori

Pensiyaning boshlang‘ich miqdori quyidagicha belgilanadi:

  • oilaning har bir a’zosiga hisoblab chiqarilgan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida;
  • chin yetim bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.

Vafot etgan pensionyerning oila a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori vafot etgan pensionyer (boquvchi)ning pensiyasini hisoblash uchun qabul qilingan ish haqidan hisoblab chiqiladi.

Boquvchi nogironlik pensiyasi oluvchi hisoblangan va pensiya tayinlangandan keyin mehnat faoliyatini amalga oshirgan hollarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan vafot etgan boquvchi oila a’zosining xohishiga ko‘ra nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Talab qilinadigan ish staji boquvchi vafot etgan kunda uning yoshi bo‘yicha aniqlanadi.

Bunda ko‘rsatib o‘tilgan ish staji uchun olingan ish haqi ish haqi tarkibiga kiritiladi, agar boquvchi yoshga doir pensiya olsa va pensiya tayinlangandan keyin ishni davom ettirsa pensiya tayinlangandan keyin ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi.

To‘liq davlat ta’minotida turgan bolalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lash

Chin yetim bolalarga to‘liq davlat ta’minotida turgan davrida eng kam oylik ish haqining 100 foizi  miqdorida pensiya to‘lanadi.

Ota-onasining biridan ajralgan va to‘liq davlat ta’minotida turgan bolalarga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.

Shu davrdagi to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya puli bolaning nomiga tijorat bankida ochilgan depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib qo‘yiladi.

Pensiya tayinlash haqida murojaat qilish

Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Xodimga va uning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan taqdirda pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza xodimning yoki vafot etgan boquvchining oxirgi ish joyi bo‘yicha tashkilotning ma’muriyati orqali ariza beruvchining yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi mumkin.

Pensiya tayinlanadigan shaxs balog‘atga yetmagan yoki huquqiy muomalaga layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, ariza uning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan ularning yashash joyi orqali beriladi.

Pensiya tayinlashda taqdim etiladigan hujjatlar

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

Islombek Abdixakimov