Skip to main content

Е-ijara xizmatidan qanday foydalaniladi?

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida joriy etilgan.  Xizmatdan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar foydalanishi mumkin. Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.  

Hozirda interfeys uchta asosiy bo‘limdan iborat:

– Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumot;

– Ijaraga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot;

– Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot.

Ma’lumotlarni kiritishda: 

– Ijaraga beruvchi/oluvchi yuridik shaxs bo‘lsa, STIRi kiritiladi;

– Ijaraga beruvchi/oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi kiritiladi.

STIR/JShShIR kiritilgandan so‘ng ijaraga beruvchi/oluvchi manzili haqidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.  Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini ko‘rsatishi, agar faoliyat yoki yashash manzili boshqa hududda bo‘lsa, o‘zgartirish imkoniyati mavjud.  Ijaraga olingan ko‘chmas mulk bo‘limida ob’ektning kadastr raqami kiritiladi.  Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan. Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko‘rsatilgan qatorlar avtomatik  to‘ldiriladi.  Ijara holati (to‘liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi majburiy. Agar ijara qisman bo‘lsa, ijaraga olingan maydon ko‘rsatilishi shart.

Agar IJARAGA OLUVCHI ma’lumotlarni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.

Categories: Fuqarolik huquqi