Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida nimalarga rioya qilishi kerak?
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida:
o’z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga
ko’ra xizmat guvohnomasini ko’rsatishi, shundan so’ng murojaat qilishining sababi va maqsadini
ma’lum qilishi;
fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo’llanilgan taqdirda,
bunday choralar qo’llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu
munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.
Ichki ishlar organi xodimi o’ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o’z lavozimini, unvonini,
familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o’z vakolatlari
doirasida tegishli choralar ko’rishi yoxud qo’yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga
kirishini tushuntirishi shart.