MChJ faoliyatida ishtirok etmayotgan ta`sischini jamiyat ta`sischilari ro`yxatidan chiqarsa bo`ladimi?

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk

Bundan bir necha yillar ilgari bir necha kishi hamkorlikda mas`uliyati cheklangan jamiyati tuzgan edik. MChJ ayni paytda, turli sohalarda faoliyat yuritib, o`zining faoliyatini kengaytirib kelmoqda. Ta`sischilarimizdan biri ancha vaqtdan beri jamiyatning biror faoliyatida ishtirok etmaydi, umumiy yig`ilishlarda ham qatnashmaydi. Jamiyat nizomi va ta`sis shartnomasida jamiyatga oid barcha masalalar ta`sischilarning 100 foizlik ovozi bilan hal qilinishi ko`zda tutilgan. Ushbu vaziyatda, qanday yo`l tutish mumkin? Faoliyatda ishtirok etmayotgan ta`sischini jamiyat ta`sischilari ro`yxatidan chiqarish mumkinmi?

O`zbekiston Res­publikasi “Mas`uliya­ti cheklangan hamda qo`shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to`g`risida”­gi Qonunining 8-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida o`n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o`z majburiyatlarini qo`pol buzayotgan, yoxud o`z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko`rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.

O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi Plenumining 2014 yil 20 iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to`g`risida”gi 262-sonli qarorining 19-bandida jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o`n foizini tashkil etadigan bitta ishtirokchi ham, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida o`n foizini tashkil etadigan bir nechta ishtirokchi ham bunday talab bilan sudga murojaat qilishi mumkinligi, sudlar ushbu toifadagi ishlarni ko`rishda javobgar o`z majburiyatlarini qo`pol buzayotganligi, harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat ko`rsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi holatlari mavjudligini aniqlashlari lozimligi ko`rsatilgan.

Ushbu vaziyatda, siz jamiyat faoliyatida ishtirok etmayotgan ta`sischini jamiyat ishtirokchilari tarkibidan chiqarish to`g`risidagi da`vo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishingiz mumkin.

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk
Scroll to Top