Moliyaviy xoldinglar qanday bo’ladi?

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk

Sarmoyasining 50 foizdan ortig‘ini boshqa emitentlarning qimmatli qog‘ozlari va o‘zga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi.

Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog‘ozlar va o‘zga moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun bevosita zarur bo‘lgan mol-mulk kirishi mumkin.
Aktivlari tarkibi ta’sis etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan talabga muvofiq kelmaydigan moliyaviy xolding davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida uni bajarish uchun zarur bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan talabning bajarilmasligi ushbu xoldingning aksiyalari emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazgan organning taqdimnomasi asosida iqtisodiy sud tomonidan moliyaviy xoldingni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda davlat mulkini boshqarish vakolati berilgan organlar) moliyaviy xoldinglar ustav fondiga korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish tartibida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etuvchi aksiyalar paketini qo‘shishga haqli emaslar.
Moliyaviy xolding sho’ba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashishga haqli emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat sho’ba korxonalar aksiyadorlari yig‘ilishlarida qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding vakillarining kuzatuv kengashi, boshqaruv va sho’ba korxonalari boshqaruvining boshqa organlari tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Moliyaviy xolding o‘ziga tegishli aksiyalar bilan qimmatli qog‘ozlarning tashkil etilgan bozoridan (fond birjasidan) boshqa joyda bitishuvlar sodir etishga haqli emas. Fond birjasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan aksiyalar bilan amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk
Scroll to Top