Yakka tartibdagi tadbirkor xodim yollashi mumkinmi?

Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni bankda hisob raqami ochilgandan keyin amalga oshirishi mumkin. Xodimlarni yollamasdan faoliyatni amalga oshiradigan xususiy tadbirkor faqat bitta obyektda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.

Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bog‘liq holda bir nafardan uch nafargacha miqdorda amalga oshirishga haqlidir. Bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyatning turlari sonidan qat’i nazar, uch nafardan ko‘p bo‘lmagan xodimlarni yollash huquqiga ega.

Mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan bittasi xususiy tadbirkor soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga beriladi, ikkinchisi xususiy tadbirkorda, uchinchisi esa — xodimda qoladi.

Xususiy tadbirkorda yollash bo‘yicha ishlagan ish davrlari uning uchun ushbu davrlarda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda xodimning mehnat stajiga qo‘shiladi.

Xususiy tadbirkor yollangan xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risida xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab 3 ish kunidan kechikmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan shakl bo‘yicha ariza taqdim etadi.

Davlat soliq xizmati organlari yollangan xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza olingan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida xususiy tadbirkorga yollagan xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini beradi. Amal qilish muddati tugagach hisobga qo‘yish kartochkasi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshiriladi va yo‘q qilinadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications