Staj yetarli boʼlmaganda ham pensiya tayinlanadimi?
Ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi pensiyalar:
yoshga doir pensiyalar uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
III guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun-eng kam oylik ish haqining 30 foizidan;
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
ham otasi, ham onasidan judo boʼlgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi uchun – yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam boʼlmasligi lozim.
Categories:
Mehnat huquqi