Asarlarni muallifning roziligisiz va haq to‘lanmagan holda shaxsiy maqsadlarda takrorlash
Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lanmagan holda takrorlashga yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur qoidalar:
binolar va inshootlar shaklidagi arxitektura asarlarini takrorlashga;
ma’lumotlar bazalarini yoki ularning muhim qismlarini takrorlashga;
qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun dasturlarni takrorlashga;
kitoblarni (to‘laligicha) va notali matnlarni reprografik (skaner yoki kserokopiya) takrorlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shaxsiy maqsadlarda takrorlaganlik uchun haq to‘lash tartibi.