Foydali modellarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi qanday?

Foydali model sifatida ko‘rsatilgan ob’yekt, basharti u yangi bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinadi va huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:

Talabnoma quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak:

1) foydali model muallif(lar)i va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs, shuningdek ularning yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza;

2) foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon etilgan tavsifi;

3) foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan foydali model formulasi;

4) foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa materiallar;

5) referat;

6) talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi hujjat ilova qilinadi.

Davlat boji:

Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish

bitta ixtiroga – BHMning 1 baravari

Rasmiy ekspertiza:

Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 (ikki oy) o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.

Foydali model ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasman e’lon qilish:

Patent berish ob’yekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 (o‘n) kun o‘tganidan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications