Skip to main content

Hadya shartnomasi haqida

Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.

Ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo bo‘lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo‘lganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi. Bunday shartnomaga nisbatan ushbu Kodeks 124-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qo‘llanadi.

Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.

Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq ko‘rsatmasdan o‘zining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni va’da qilish o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. Bunday hadyaga nisbatan ushbu Kodeksning vorislik to‘g‘risidagi qoidalari qo‘llanadi.

Hadya shartnomasining shakli uch xil:
1.Og`zaki.
2.Oddiy yozma.

  1. Notarial tasdiqlanadigan va davlat royxatidan otkaziladigan.

Ko‘char mulkni hadya qilish shartnomasi quyidagi holatlarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim:

  1. hadya qiluvchi yuridik shaxs bo‘lganida;
  2. fuqarolar o‘rtasida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;
  3. shartnomada kelajakda hadya etish va’da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.

Ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yo‘l qo‘yiladi.

Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.

Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.

Manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalarini buzib, bankrot deb e’lon qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin.

Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin.

Hadya bekor qilingan taqdirda hadya oluvchi hadya qilingan ashyoni, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatda saqlanib qolgan bo‘lsa, qaytarishi lozim.

Agar hadya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, hadya shartnomasiga muvofiq hadya va’da qilingan hadya oluvchining huquqlari uning merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) o‘tmaydi.

Agar hadya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, hadya shartnomasiga muvofiq hadya berishni va’da qilgan

Agar hadya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, hadya shartnomasiga muvofiq hadya berishni va’da qilgan shaxsning majburiyatlari uning merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) o‘tadi.

“Davlat boji togrisida”gi qonunga asosan, kochmas mulkni hadya qilish shartnomasiga asosan hadya qiluvchining tuman, shaharlarda, qishloqlarda, shaharchalarda joylashgan kochmas mol-mulkni ogliga, qiziga, ota-onasiga, aka-ukasiga, opa-singlisiga, nabirasiga, eriga, xotiniga, bobosiga, buvisiga hadya qilayotganda 100 kv.m.ga bolgan joy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi -75000 som, 200 kv.m. gacha maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi- 150000 ming som, 200 kv.m. va undan ortiq maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 75 foizi – 225000 som miqdorda davlat boji tolaydi.

“Davlat boji togrisida”gi qonunga asosan, kochmas mulkni hadya qilish shartnomasiga asosan hadya qiluvchining Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazida joylashgan kochmas mol-mulkini ogliga, qiziga, ota-onasiga, aka-ukasiga, opa-singlisiga, nabirasiga, eriga, xotiniga, bobosiga, buvisiga hadya qilayotganda 100 kv.m.ga bolgan joy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi -150000 som, 200 kv.m. gacha maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari - 300000 ming som, 200 kv.m. va undan ortiq maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim barobari – 450000som miqdorda davlat boji tolaydi.

Abdusalomov Azamatjon

Yozyovon tumani Adliya bo’limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyoti bo’limining yetakchi maslahatchisi
Categories: Fuqarolik huquqi