Haydovchilik guvohnomasi toifalari qanday?
Quyida haydovchilik guvohnomasi toifalari haqida batafsil ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin.
A-toifasi
mototsikllar va ularga tenglashtirilgan mototransport vositalari
V-toifasi
toʼla vazni 3 500 kg dan oshmagan yoki oʼrindiqlar soni 8 tagacha boʼlgan avtotransport vositalari;
tirkamasining toʼla vazni 750 kg dan ortiq boʼlmagan «V» toifadagi, tirkamasining toʼla vazni 750 kg dan ortiq, lekin avtotransport vositasining oʼzi 3 500 kg dan ortiq boʼlmagan avtotransport vositalari;
S-toifasi
toʼla vazni 3 500 kg dan ortiq boʼlgan avtotransport vositalari, tirkamasining toʼla vazni 750 kg gacha boʼlgan avtotransport vositalari;
D-toifasi
yoʼlovchi tashishga moʼljallangan, haydovchi oʼrindigʼidan tashqari oʼrindiqlar soni 8 tadan ortiq boʼlgan avtotransport vositalari, tirkamasining toʼla vazni 750 kg dan ortiq boʼlmagan avtotransport vositalari;
VE-toifasi
tirkamasining toʼla vazni 750 kg dan ortiq, yoki tirkamasining ruxsat etilgan toʼla vazni aslahalangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq boʼlgan «V» toifadagi avtotransport vositalari;
tirkamasining ruxsat etilgan toʼla vazni 750 kg dan ortiq, lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan toʼla vazni 3 500 kg dan ortiq boʼlmagan avtotransport vositalari;
SE-toifasi
tirkamasining toʼla vazni 750 kg dan ortiq boʼlgan «S» toifadagi avtotransport vositalari;
DE-toifasi
tirkamasining toʼla vazni 750 kg dan ortiq boʼlgan «D» toifadagi avtotransport vositalari hamda boʼgʼimli avtobuslar.