Ikki joyda bir stavkadan ishlash mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan
“O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to’g’risida”gi
nizomning 7-bandiga muvofiq o’rindoshlik asosida ishlashda o’rindoshlik asosida ishlashning
davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo’lishi mumkin emas (sog’liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno).
Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo’lgan kunlarda u
o’rindoshlik asosida to’liq ish kunida ishlashi mumkin.
Shunday ekan siz hozirda 0.5 stavka o’rindoshlik asosida ishlashga haqlisiz.
Bunda mehnat dafatchasi ikki joyda yuritilmaydi. Faqat asosiy ish joyingizda yuritiladi.
Negaki, yuqoridagi nizomga muvofiq o’rindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxs mehnat daftarchasi o’rniga asosiy ish joyidan O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo’yicha ma’lumotnomani taqdim etishi kifoya.
Shunday ekan siz o’rindoshlik asosida ishga kirayotganda daftarcha taqdim etishingiz shart emas.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, ikki joyda ham bir stavkada ishlash mumkin emas.