Birinchi kursni tugatgan talaba maktabda dars berishi mumkinmi?

Vazirlar mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari
mehnatiga haq to’lash to’g’risida”gi nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisiga ko’ra oliy yoki o’rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo’lmagan shaxslarni umumta’lim muassasalariga pedagogik lavozimlarga qabul qilishga yo’l qo’yilmaydi.

Agarda siz o’rta-maxsus ma’lumotingiz pedagogik sohaga tegishli bo’lsa, siz umumta’lim
maktablarida dars berishingiz mumkin bo’ladi.

Mazkur nizomning 8-bandiga ko’ra oliy ta’lim muassasasining 4-kursida o’qiyotgan
shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo’yilishi mumkin va ularga o’rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo’lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Ko’rinib turibdiki, tugallanmagan oliy ma’lumot bilan faqat 4-kurs talablari
ishlashi mumkin. Bunda ham kunduzgi ta’lim shakli nazarda tutilgan.

Xulosa qiladigan bo’lsak, siz Oliy ta’lim muassasasining birinchi kursini tamomlagan holda maktabda dars bera olmaysiz. Agarda sizda mavjud bo’lgan o’rta maxsus ma’lumot dars berishga imkon bermasa.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications